So'z boshi o'rnida

Kitob 3 qismga ajratilgan:


1-qism. Kitobning birinchi qismi to’rtta sektorda mehnat qiladigan insonlarning farqlari haqida. Unda ma’lum insonlar nega aynan ma’lum sektorgagina bog’lanib qolib, rivojlanishga harakat qilmasligi haqida so’z yuritiladi. U sizga hozirda qayerda ekanligingizni aniqlash va 5 yildan keyin qayerda bo’lishingiz kerakligini anglashga yordam beradi.

2-qism. 2-qism shaxsning o’zgarishi haqida. U nima qilish kerakligi emas, balki sizning kim bo’lishingiz kerakligi haqida.

3-qism. 3-qism siz kvadrantning o’ng tomoniga qarab qo’yishimgiz lozim bo’lgan 7 qadamni aniqlashtiradi. Men “B” va “I” sektorlarida muvaffaqiyatga erishish uchun lozim bo’lgan boy otam bergan tavsiyalarni siz bilan o’rtoqlashaman. U sizga moliyaviy mustaqillikka qaragan o’z yo’lingizni tanlashingizga yordam beradi.

Butun kitob davomida men moliyaviy bilimdonlik zaruruyati haqida ta’kidlashdan charchamayman. Kvadrantning o’ng tomonida qolib harakat qilish uchun, kvadrantning Eva Sqismida qolib yashab qolish uchun harakat qiladigan kimsalarga nisbatan chuqurroq bilimlarga ega bolish lozim.

“B” yoki “I”ga aylanish uchun siz naqd pullaringiz harakati yo’nalishini boshqara olishingiz lozim. Bu kitob harakat qilishni boshlashga tayyor va moliyaviy erkinlikka erishish uchun o’z quvurlarini qurishga tayyor insonlar uchun yozilgan.

Biz ahborot asri avvalida yashamoqdamiz va bu asr  bizga boshqa zamonlarga nisbatan ko’proq moliyaviy foyda olish imkonini beradi. Aynan “B” va “I” sektori vakillari mana shu insonlar bu imkoniyalarni to’liq anglab ulardan oqilona foydalana oladilar. Moliya asrida ilg’orlar qatorida bo’lish uchun kishiga har to’rttala sektordan ma’lumot kerak bo’ladi. Afsuski hozirda maktablarimiz hali xanuz sanoat asri bilan yashamoqda va yoshlarni faqat “E” va “S” sektorlari uchun tayyorlashda davom etmoqda.

Agar siz axborot asrida ko’proq yutuqlarga erishish uchun yangi javoblar izlayotgan bo’lsangiz bu kitob siz uchun. Bu kitob hamma savollarga javob bermaydi, ammo u mening “E” va “S” sektorlaridan “B” va “I” sektorlari tomonga harakat qilganimdagi shaxsiy yutuqlarim va kuzatuvlarim haqida hikoya qiladi.


Agar siz moliyaviy mustaqillik sari yurishga tayyor bo’lsangiz, unda bu kitob siz uchun!!! 

Комментариев нет:

Отправить комментарий