Biznes nimaga o'xshaydi

Boy otam menga 12 yoshimda bir oddiy hikoyani aytib bergandi, lekin u meni katta boylik va moliyaviy erkinlik sari boshladi. Bu hikoya vositasida u menga kvadrantning chap tomonidagi “E” va ”S” dan kvadrantning o’ng tomionidagi “B” va ”I” vakillarining farqini ajratib berdi. Mana bu hikoya:

Qadim-qadim zamonda bir qishloq bo’lgan ekan. Bir muammoni aytmasa bu juda so’lim qishloq ekan. Ayrim paytlar yomg’ir yog’ishini aytmasa qishloqda suv umuman yo’q ekan. Bu muammodan birvarakayiga qutulish uchun qishloq oqsoqollari qishloqqa suv yetkazib berish uchun shartnoma ishlab chiqishga qaror qilishibdi. Qishloqdan ikki inson bu ishni bajarishga xohish bildirishibdi va oqsoqollar ularning har ikkalasi bilan shartnoma imzolashibdi. Ular bu ikkovi orasida raqobat yuzaga kelib, suvni yetkazib berish arzonlashib, suv tanqisligi yo’qolishini rejalashtirishibdi.


Bu shartomalardan birining egasi, uni Ed deb ataymiz, darrov ishga kirishibdi. U bir xil ikkita chelak sotib olibdi va so’qmoq yo’l bo'ylab yugurgancha qishloqdan ikki kilomert olisdagi ko'ldan suv tashishni boshlabdi. U birinchi kundan boshlab pul topishni boshlabdi va ikkita chelakda olib kelgan suvi bilan katta baklarni to'latishni boshlabdi. U har kuni hammadan erta turar va zahiradagi suv barcha qishloq fuqarolariga yetadimi yo'qmi deb tekshirardi. U baxtli edi, sababi u pul topar va o'z biznesi bo'yicha atigi ikkita shartnomaning bittasini egasi edi. 

Shartnomaning ikkinchisi egasi Bill esa biroz muddatga qishloqni tark etibdi. U bir necha oy qishloqda ko'rinmabdi. Bu narsa Edni quvontiribdi, sababi unga raqobatchi yo'q va suv uchun to'lanadigan pulning hammasi unga tegayotgan edida. 

Bill esa Ed kabi ikki chelak olib u bilan raqobatlashish o'rniga o'tirib biznes reja ishlab chiqibdi. Biznesni amalga oshirish uchun to'rtta sarmoyadorni topibdi. Ishni boshqarish uchun ish boshqaruvchi yollabdi. Bir oydan keyin u qishloqqa injener va bir nechta quruvchilar bilan qaytibdi. Uning ishchilari bir yil ichida zanglamaydigan quvurlar o'rnatib ko'ldan qishloqqa suv tortishibdi.

Tantanali ochilish marosimida Bill u yetkazib beradigan suv Ednikiga qaraganda tozar5oq ekanini ta'kidlab o'tibdi. U qishloqdagilarning Ed yetkazib berayotgan suvning toza emasligi haqidagi shikoyatlaridan habardor ekanda. Shuningdek u suvni haftasiga 7 kun va sutkasiga 24 soat yetkazib berishga va'da veribdi. Ed esa suvni faqat ish kunlari olib kelar, dam olish kunlari esa suv tashimas ekan. Shuningdek Bill suv yetkazib berish narxini 75% ga arzonroq qilib o'rnatibdi. Qishloq ahli bu yangilikni olqishlar bilan kutib olibdi va hamma bir bo'lib suv quvuri oxiridagi kran oldiga ko'rish uchun kelishibdi.

Ed ham bo'sh kelmasdan raqobatlashish maqsadida narxni 75% ga tushiribdi. Yana chelaklar sotib olibdi, ularni eshkak bilan birlashtirib endi 4 talab chelak suv tashiy boshlabdi. Undan tashqari ikki o'g'lini ham ishchi sifatida yollab ularni tunda va dam olish kunlari suv tashishga qo'yibdi. O'g'illarri kollejga borishganda esa ularga: "Tezroq kollejni tugatinglar, sababi mening biznesim kelajakda sizlarga qoladi" debdi.

Lekin o'g'illar kollejni bitirib qaytishmabdi, ular shaxarda ish topib qolib ketishibdi. Oxir oqibatda Ed ishchilar yollab juda ko'p muammolarga duch kelibdi. Ishchilar doim ko'proq oylik so'rashar va 4 emas balki bitta chelakdan suv tashiymiz deyishardi.

Bill esa boshqa qishloqlar ham suvga muxtoj bo'lishi mimkin deb o'ylabdi. U o'zining biznes rejasini qayta yozib chiqibdi va butun dunyodagi qishloqlarda o'zining suvni tez fursatda, arzon va tiniq yetkazib berish bo'yicha tizimini sota boshlabdi. Bir chelak suv narxi bir pensga tushib ketibdi. Bill ishlab chiqqan tizim bo'yicha kuniga milliardlab chelak suv yetkazib berilardi, va bu pulning hammasi Billning bankdagi hisob raqamiga tushardi. Bill ishlasa ham ishlamasa ham uning tizimi bo'yicha har kuni milliardlab chelak suv sotilardi. Uning suvni insonlarga yetkazib beruvchi quvuri odamlarga suv yetkazish bilan birga uning bankdagi hisob raqamiga pul oqimini ham ta'minlardi.

 Bill uzoq va baxtli xayot kechiribdi, Ed esa umrining oxirigacha mexnat qilib doimiy moliyaviy muammolar qurshovida bo'libdi.

Boy otamning aytib bergan bu voqeasi menga hayotda yo'lchi yulduz vazifasini o'tadi. U menga hayot yo'lini tanlashimda muxim omil bo'ldi. Ko'pincha o'zimga o'zim savol berardim:

"Men quvur tortyapmanmi yoki chelak tashiyapmanmi?"

"Ishim qiyinmi yoki aql bilan ish yuritayapmanmi?"

Bu savollarga javob berish meni moliyaviy jihatdan mustaqillikka erishishimga sabab bo'ldi.

Mana bi kitob nima haqida. U qanday qilib "B" va "I" sektorlarida omadga erishish haqida. U chelak tashib charchagan va naqd pullar ularning cho'ntaklariga oqib kelishi uchun quvur tortib kelishga tayyor insonlar uchun yozilgan.

   

Комментариев нет:

Отправить комментарий