Nega ish izlamaysiz?
1985 yilda men va xotinim Kim ishsiz qoldik. Bizda shaxshiy jamg'armamizdan birozgina pul qolgandi. Kredit kartochkalarimizdagi pullar tugagan va biz eski Toyota mashinamizda yashardik. U bizga uy vazifasini o'tardi hattoki biz uning ichida uxlardik. Birinchi xaftaning yakuniga kelib, biz kim bo'lganimiz va kimga aylanib qolganimiz haqidagi og'ir haqiqat bizni eza boshladi.
Biz yana ikki hafta boshpanasiz qoldik. Bir tanishimiz bizning qiyin vaziyatda qolganimizdan xabar topib o'zining xashamatli uyidan bizga xona ajratib berdi. Biz u yerda 9 oy davomida istiqomat qilib o'zimizning xolatiniz haqida hech kimga og'iz ochmadik. Chetdan qaraganda hammasi yaxshiga o'xshardi. Tanishlarimiz va qarindoshlarimiz axvolimizdan xabar topishgach ularning birinchi bergan savoli shu bo'ldi: "Nega ish izlamaysiz?"
Avvaliga biz ularga tushuntirmoqchi bo'ldik, lekin sabablarimizni ularga tushuntirib bera olmadik. Ishni qadrlaydigan insonga siz nega ish izlamayotganingizni tushuntirib berish qiyin.
Ayrim paytlarda biz qo'shimcha ish olib bir necha dollar ishlab topardik. Lekin bu narsa shunchaki bizga oziq-ovqat sotib olish va mashinamizga yoqilg'i quyish uchungina kerak edi. Osha bir necha qo'shimcha dollar bizni asosiy maqsadimizga erishish yo'limizda bizga yoqilg'i bo'lib xizmat qilardi. Tan olib aytish kerakki, chuqur ikkilanishlar paytida bizda doimiy oylikka ega ishonchli, behatar ish topish istagi uyg'ondi. Lekin behatar ish bizning maqsadimiz bo'lmaganligi sababli biz moliyaviy jar yoqasida yashashda davom etardik.
O'sha 1985 yil bizning hayotimizdagi eng mashaqqatli va uzun yil bo'ldi. Men pullarning ahamiyati yo'q deb hisoblaydigan insonlar pulsiz uzoq muddat yashab ko'rmaganiga ishonch xosil qildim. Biz ayolim Kim bilan tez-tez gap talashib, urushardik. Qo'rquv, ishonchsizlik va ochlik insonga shunday ta'sir etadiki, natijada u besabr, badjaxl bo'lib o'zi yaxshi ko'rgan insonlarga nisbatan jaxl qila boshlaydi. Lekin barschasiga qaramay, sevgi va oilaga nisbatan bo'lgan mas'uliyat hissi bizlarni yanada yaqinlashtirdi. O'sha qiyin kunlarda biz Kim bilan bir-birimizga yanada yaqin insonlarga aylandik. Biz nimani istayotganimiz, qayoqqa harakat qilayotganimizni bilardik, lekin u joyga yetib olamizmi yo'qmi, bu bizlarga qorong'u edi.
Biz har doim behatar va yuqori oylik to'lanadigan ish topa olishimizni bilardik. Biz ikkalamiz kollejni bitirgan va yetarli bilim va ko'nikmalarga ega insonlar edik. Biz moliyaviy erkinlikka intilardik. 1989 yilda biz millionerlarga aylandik. Ayrim odamlarning fikriga ko'ra biz moliyaviy jihatdan ta'minlangan bo'lsakda, bizning orzularimiz hali ushalmagandi. Biz aniq moliyaviy erkinlikka erishmagandik. Bu 1994 yilgacha davom etdi. Bu paytga kelib bizda hayotimizning qolgan qismini ta'minlash uchun ishlash majbutiyati qolmagandi. Bizni hech qanday moliyaviy to'fon qo'rqita olmasdi, sababi biz moliyaviy mustaqillikka erishgandik. Kimning yoshi 37 da meniki 47 da edi.

Комментариев нет:
Отправить комментарий