1997 yilda R Kiosakining "Boy ota - kambag'al ota" kitobi nashrdan chiqqanidan beri iqtisodiyot sohasida, xususan moliyaviy sohada juda ko'p o'zgarishlar ro'y berdi. 20 yil oldin Kiosakining sizning uy sizning aktiv emas degan xitobi ko'pchilikning miyasida o'rnashib qolgan fikrlarga qarshi chiqdi. Uning pul muomalasi va moliyalashtirishga nisbatan an'anaviy bo'lmagan qarashlari ko'pchilik tomonidan sovuq qarshi olindi.
2002 yilda Kiosakining "Boy ota tavsiyalari" kitobi bizni yaqinlashib kelayotgan moliya bozorining sinishi haqida ogoxlantirdi. 2006 yilda Amerikaning o'rta qatlam aholisi holatining keskin yomonlashuvidan havotir sababli R.Kiosaki Donald Tramp bilan hamkorlikda "Nima uchun siz boy bo'lishingizni xohlaymiz" nomli kitob yozdi.
Robert Kiosaki butun olamda moliyaviy ta'lim, moliyaviy bilimdonlik targ'ibotchisi sifatida juda mashxur inson. 2011 yilda u "Pul oqimi kvadranti" kitobini nashrga tayorlayotgan bir paytda yana ikki muhim jihatga etibor qaratdi: uning fikr va konsepsiyalari vaqt sinoviga bardosh berdi va moliyaviy muhit hamda sarmoyachilar faoliyati sharoitlari sezilarli ravishda o'zgardi. I kvadranti (investorlar)ga ta'sir etuvchi bu o'zgarishlar R.Kiosakining kitobning muhim bo'limi - Investorlarning 5 darajasi bo'limini yangilab qayta ko'zdan kechirib o'zgatririshlar kiritishiga sabab bo'ldi.
Katta bo'lganingda kim bo'lmoqchisan?
Yoshligimizda ko'pchiligimiz bu savolni kattalardan eshitganmiz. Bolalikda menda qiziqishlar juda ko'p bo'lganligi sababli tanlash ham juda son kechardi. Nimadir menga qiziq va obro'li tuyulsa o'sha kasbni egallash niyati tug'ilardi. Yoshligimda dengiz biologi, astronavt, dengiz harbiysi, savdo floti dengizchisi, uchuvchi va professional amerikancha futbol o'yinchisi bo'lishni istardim.
Bu maqsadlardan faqat uchtasiga erishdim: dengiz harbiysi, dengizchi va uchuvchilik.
Men o'qituvchi, yozuvchi yoki hisobchi bo'lmasligimni aniq bilardim. Tarbiyachilik sohasi meni qiziqtirmas, sababi maktabni yomon ko'rardim. Yozuvchi bo'lish niyatim ham yo'q edi, sababi ikki marta ingliz tili imtihonidan yiqilgandim. Magistr darajasini olmasligimga sabab ham hiobchilik (buhgalrelik)ni yomon ko'rishim bo'ldan. MBA(Masters in business administration) - yani biznesni boshqarish sohasi magistri darajasiga yetish uchun ikki yil o'qish zarur va bu vaqt mobaynida aynan hisobchilik asosiy dars sifatida o'tilardi.
شركة تسليك مجاري بالاحساء
ОтветитьУдалитьشركة مكافحة حشرات بالاحساء
شركة تنظيف شقق بالاحساء
شركة تنظيف بالهفوف
شركة تنظيف بالاحساء