KIM BO'LMOQCHISIZ

KATTA BO'LGANINGDA KIM BO'LMOQCHISAN?    


Bu kitobni "Boy ota, kambag'al ota" nomli kitobimning II qismi deb atash mumkin. Avvalgi kitobim bilan tanish bo'lmagan insonlar uchun unda nimalar yozilganini aytib o'tay. Unda pul va hayot yo'lini tanlash bo'yicha menga ikki otamning bergan darslari haqida hikoya qilinadi. Ulardan biri mening haqiqiy otam, ikkinchisi do'stimning otasi edi. Ulardan biri oliy ma'lumotli bo'lgani holda ikkinchisi oliy o'quv yurtida o'qimagandi. Ulardan biri kambag'al, ikkinchisi boy edi. Kunlardan birida ular mendan so'rashdi: "Katta bo'lganingda kim bo'lmoqchisan?"

  Mening oliy ma'lumotli otam doim: "Maktabga bor, yahshi ta'lim ol va katta oylik to'lanadigan ish top." derdi. Uning bergan tavsiyasi quyidagicha edi

Kambag’al otam menga ko’p oylik oladigan “E” yoki ko’p pul topuvchi “S” yani o’z o’ziga ishlovchi mutaxassis bo’lishimni tavsiya qilardi (Masalan, doctor, huquqshunos, yoki hisobchi). Kambag’al otamni avvalo doimiy to’lanadigan tayin oyligi bor ish qiziqtirardi. Shuning uchun u davlat ishchisi bo’lib katta oylik olardi. U Gavayi shtatining ta’lim departamenti boshlig’I edi.

Mening boy ammo oliy ma’lumoti bo’lmagan otam menga butunlay boshqa maslahay berardi. U menga: ”Maktabga bor, uni tezroq yakunla, o’z biznesingni yarat va omadli investorga aylan” derdi. U menga quyidagi hayot yo’lini tavsiya qilardi:

Boy otaning tavsiyasi
Bu kitob boy otamning tavsiyalariga amal qilganim sari menda bo’lib o’tgan aqliy, ruhiy va emotsional o’zgarishlar haqida hikoya qiladi.

Kitob kim uchun yozilgan?

Bu kitob o’z sektorini o’zgartirmoqchi bo’lganlar uchun. U hozircha “E” va ”S” sektorida turgan, lekin “B” va ”I” sekroriga o’tish niyatida bo’lganlar uchun maxsus yozilgan. Bu kitob moliyaviy erkinlikka erishish uchun tayin ish o’rnini tashlab harakat qilishga tayyor insonlar uchun yozilgan. Bu og’ir hayot yo’li, lekin uning yakunida oladigan natijangiz qilgan harakatlaringizga arziydi. Bu moliyaviy mustaqilik yo’li.

Комментариев нет:

Отправить комментарий