R.Kiyosaki Sh.Lechter Pul oqimi kvadranti Boy otaning moliyaviy erkinlikka erishish bo'yicha ko'rsatmasi
"Inson ozod holatda tug'iladi, ammo zanjirlar bilan bog'langan holatda bo'ladi. U boshqa insonlar ustidan ho'jayinman deb o'ylaydi ammo o'zi ulardan ham ko'ra ko'proq qul holatida qoladi" Jan Jak Russo
Mening boy otam "Sen moliyaviy mustaqil bo'lmasang chin ravishda erkin bo'la olmaysan. Erkinlik uning uchun katta haq to'langanidagina haqiqiy bo'ladi" degan so'zlarni ko'p qaytarar edi. Bu kitob mazkur haqni to'lashga tayyor insonlar uchun yozilgan.
So'z boshi
Siz qaysi sektordasiz?
Ayni shu sektor sizga to'g'ri keladimi?
Siz moliyaviy jihatdan erkinmisiz. Agar hayotingiz moliyaviy yo'llar kesishmasida turgan bo'lsa "Pul oqimi" kitobi aynan siz uchun yozilgan. Agar siz moliyaviy hayotingizni yahshi tomonga o'zgartirish uchun bugun shug'ullanayotgan ishingizni nazorat ostiga olmoqchi bo'lsangiz bu kitor aynan siz uchun yozilgan.
Kvadrant quyidagi ko'rinishga ega:
Sektorlardagi harflar quyidagilarni bildiradi:
Е – xizmatchi
S – xususiy tadbirkor
В – Biznes egasi
I – Investor
Har birimiz yuqorida ko'rsatilgan pul oqimining sektorlaridan kamida bittasida faoliyat yuritamiz. Bizning o'rnimiz naqd pul vositalari manbasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ko'pchiligimiz oylikka qarab ishlagan xolda xizmatchi sektoriga taaluqli bo'lsak, ayrimlar o'ziga ishlab xususiy tadbirkorlik bilan shug'ullanishadi. Xizmatchilar va o'zi uchun ishlovchi tadbirkorlar pul oqimi kvadrantining chap tomonida joylashadi. Kvadrantning o'ng tomonida o'z biznesi yoki investisiyalar orqali pul ishlovchi insonlar joylashadi.
«Pul oqimi kvadranti» biznes olamini tashkil etuvchi turli insonlarni tasvirlab, bu insonlarning kimligi va ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatib beradi. Bun sizga aynan qaysi sektorda ekanligingizni aniqlab, kelajakda moliyaviy erkinlikka erishish uchun kerakli qadamlarni aniqlab olishga yordam beradi. Moliyaviy erkinlikni har bir sektorda topish mumkin bo'lganidek, "B" yoki "I" toifasidagi kishilarning bilim va mahoratlari sizga moliyaviy maqsadlarga tezroq erishish imkoniyatini beradi. "E" sektorda omadli insonlar "I" sektorda ham omadga erishishlari zarur.
Комментариев нет:
Отправить комментарий